Audioda gapirgan odam öz qöl ostidagi xodimlariga har bir bölim 20 tadan soqolli fuqaroni keltirib, rasmga olişi, şuningdek soqolini olgandan söng ham rasmga olib, yoniga şaxsiy ma'lumotlarini kiritgan holda topşirişi kerakligi aytiladi.

Şuningdek, bu topşiriq Içki işlar vazirligidan kelgan «mehmonlar» nazoratida ekani qöşimça qilingan.

«Hurmatli xodimlar, «Soqol» tadbiri böyiça ham… tezlaştirib qilib beraylik. «Gorotdel»dan sörayapti, Içki işlar vazirligidan kelgan mehmonlar buni nazoratga olgan.

Har bitta «GOM»ga 20 tadan soqolli [fuqaroni] aniqlab, soqoli bilan rasmga olib, keyin soqoli oldirilgani holatini ham rasmga olib, oldiga ma'lumotini yozasizlar: qayerda yaşaydi, neçançi yilda tuğilgan, kim u?

Xuddi şunday qilib tezlaştirib qilib berişimiz kerak. Har bitta «GOM»ga 20 tadan [reja] berilgan, bizda hali bittayam bölgani yöq. Keçqurun sörov böladi, e'tiroz bölyapti, böla qolinglar!» – deydi buyruq berayotgan şaxs.

Holatga izoh bergan Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov tizimda bunday amaliyotlar ötkazilişini rad etdi.

«Içki işlar organlarida bunday nomlanadigan tadbir umuman yöq. Soqol qöyiş yoki qöymaslik har fuqaroning öziga, e'tiqodiga boğliq. Bunga aralaşişga heç kimning haqqi yöq.

[Buyruq bergan] ovoz masalasini biz kimga tegişli ekanligini örganib köramiz, şunga qarab iş tutamiz», – dedi vazirlik rasmiysi.

Eslatib ötamiz, 2019 yil avgust oyida Toşkent şahridagi «Malika» bozoridan önlab fuqarolar IIB binosiga olib ketilib, majburan soqollari olingan edi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, keng jamoatçilik va butun dunyo OAVlari tomonidan jiddiy tanqid qilingan.

2020 yil 30 yanvar kuni bölib ötgan tadbirda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bölim boşliği, islomşunos Baxtiyor Bobojonov bu juda yomon va şarmandali iş bölganini va bu işni qilganlar öşandayoq jazolanganini ta'kidlagan edi