«Aholining 60-70 foizi emlanganidan so‘ng immuniteti bor fuqarolar niqobsiz yurishi mumkin bo‘ladi» - shtab a'zosi
O‘zbekiston aholisining 60-70 foizi koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganidan so‘ng immunitet hujayralari mavjud insonlar niqoblarsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinatsiya koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning oldini oladi va respublika aholisining 60-70 foiz qismi vaksinatsiya qilinsa, ommaviy immunitet hosil bo‘ladi. Ommaviy immunitet hosil qilinishi koronavirus infeksiyasini nazorat qilish va yengib chiqishda erishilgan katta yutuq hisoblanadi.
“Vaksinatsiyaning to‘liq bosqichlarini olgan inson organizmida koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi immun hujayralar ishlab chiqiladi. Mazkur hujayralar qancha muddat himoya qilishi borasida to‘liq ma'lumot bo‘lmasa-da, bu hujayralar titri yuqori bo‘lgan davrda insonga koronavirus infeksiyasi yuqmaydi. Albatta, bunday holatda vaksinatsiya to‘liq bosqichlarini olgan va immunitet hujayralari mavjud insonlar niqoblarsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin”, dedi shtab a'zosi.
Shuningdek, AQSh va Yevropaning ba'zi davlatlarida vaksina olgan fuqarolarga niqoblarsiz yurish, ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilgani eslatib o‘tildi.
Mutasaddining fikricha, bu ushbu davlatlar aholisi orasida emlanganlar soni 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgani hamda aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilinishiga asos mavjudligi bois bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AQShning 119 million aholisi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi va emlangan amerikaliklar endi jamoat joylarida niqobsiz yurishi mumkinligi haqida xabar berildi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda
Jamiyat | 20:00
-
O‘zbek tilida yozilgan birinchi startap qo‘llanmasi taqdim etildi
Jamiyat | 19:52
-
Kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod qilinadi
O‘zbekiston | 19:45
-
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
O‘zbekiston | 19:29
Mavzuga oid

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

19:09 / 08.12.2024
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi

17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi

23:36 / 19.09.2024