Farğona NQI zavodi AI-95 benzini işlab çiqara boşladi, bu haqda zavod matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga köra, uşbu mahsulot «Farğona NQIZ» MÇJ tomonidan sönggi paytlarda zavodda yölga qöyilgan ilmiy-tadqiqot işlari natijasida özlaştirilgan.
Sönggi ikki oy içida «FNQIZ»da «EVRO-4» standartidagi dizel yonilğisi va B-92 markali yuqori oktanli aviatsiya benzini işlab çiqariş yölga qöyildi.
«Zavodda ilgari işlab çiqarilayotgan AI-95 markali yuqori oktanli avtomobil yonilğisiga keladigan bölsak, «FNQIZ» mutaxassislari uning yangi formulasida faqatgina gidrokatalitik jarayonlarning tarkibida oltingugurt miqdori kam bölgan sifatli birikmalardan foydalangan bölib, ular iş rejimi va atrof-muhit haroratidan qat’i nazar, dvigatellarning normal işlaşini ta’minlaydi. Özbekiston Respublikasi tovar xomaşyo birjasi orqali savdoga qöyilgan AI-95 benzini xossalari yanada yaxşilangan va çiqindi gazi bilan zaharlaniş darajasi past bölgan oliy navli benzin sirasiga kiradi. Yangi işlanmalar ustida işlaş va «Farğona NQIZ»ni modernizatsiya qiliş işlari davom ettirilmoqda», deyiladi zavodning rasmiy xabarida.
Avvalroq, 80 markali benzin narxi qimmatlagani xabar qilingandi, ötgan haftalar mobaynida uşbu turdagi benzin narxi 4,3 foizga oşdi. Bu jahon bozorida narx qimmatlagani bilan izohlanmoqda.















