Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Tojikistonga taşrif bilan keldi. U Tojikiston taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muzokaralar ötkazib, söng qator bayonotlar bilan çiqiş qildi.
«Harbiy, harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik töğrisida bitimlarning bajarilişini, şu jumladan Rossiyaning Tojikiston qurolli kuçlarini modernizatsiya qilişga kömaklaşişi masalasini körib çiqdik. Belgilangan rejalarni tegişli muddatlarda bajarişda davom etişga kelişib oldik», dedi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov hamkasbi Sirojiddin Muhriddin bilan muzokaralardan söng ötkazilgan matbuot anjumanida.
Uning sözlariga köra, bu umumiy xavfsizlikka tahdidlar saqlanib qolayotgani sababli juda muhimdir.
«Avvalo, AQŞ va NATO qöşinlarining Afğonistondan olib çiqilişi boşlangani yoki şu haqda bayonot berilgani munosabati bilan yuzaga kelayotgan vaziyat şaroitida körib çiqilişi lozim. Biz Afğoniston şimoliy viloyatlarida xalqaro terrorçilik taşkilotlari jangarilarining faollaşganidan xavotirdamiz. Duşanbega terrorizm va ekstremizm, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşişda har tomonlama kömak beramiz», dedi Lavrov.
U Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlovçi omil ekanini ta'kidladi, şuningdek, Rossiya tojik-afğon çegarasi uçastkalaridan birida zamonaviy çegara postini qurişda moliyaviy yordam berişini aytdi.
«Tojikistonda joylaşgan 201-Rossiya harbiy bazasi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni saqlovçi muhim omili ekani borasida yakdil fikrga egamiz. Rossiya qurolli kuçlari iştirokida aksilterrorçilik harakatlari böyiça muntazam ravişda öquv maşqlari ötkazilmoqda. Yaqin kelajakda hukumatlararo bitim imzolanişi kutilyapti, unga köra tojik-afğon çegarasi uçastkalaridan birida zamonaviy çegara postini qurişda moliyaviy yordam körsatamiz», dedi u.

















