Tsiklon vaqtida Mumbay sohillari yaqinida bortida 261 kişi bölgan barja çökib ketgan. Buning oqibatida 37 kişi halok bölgan, 38 kişi bedarak yöqolgan, qolganlarni qutqarişga muvaffaq bölingan.

Yomon ob-havo bilan boğliq boşqa köngilsiz hodisalarda, jumladan, imoratlar qulaşi va daraxtlar ağdarilişi oqibatida 81 kişi halok bölgan. Xususan, Gujarot ştatida 51 kişi, Maxaraştrada 18 kişi, Goa, Karnataka va Kerala ştatlarida umumiy hisobda 10 kişi halok bölgan.    

Bundan taşqari, Gujarotda 16,5 mingga yaqin uyga şikast yetgan, hukumat 200 mingdan köproq kişini evakuatsiya qilgan.

Tauktaye sikloni 210 km/soatgaça tezlikdagi şamollar olib kelgan. Yomon ob-havo sababli portlar, aerodromlar va ba'zi asosiy avtomobil yöllari yopilgan.

Tsiklon Hindistonda 4 kundan beri davom etmoqda. U joriy yil boşidan beri eng kuçli siklon deb atalgan. Ba'zi hududlarda yomon ob-havo elektr ta'minotining uzilişiga olib kelgan.