RR Auction auksionida Albert Eynşteynning maşhur E = mc2 formulasi yozilgan qölyozma maktubi 1,2 million dollardan sal ortiqroqqa sotildi.
Qayd etilişiça, bu savdo taşkilotçilari belgilagan narxdan uç baravarga qimmatroqdir.
Kaliforniya texnologiya instituti va Quddusdagi yahudiy universiteti arxivçilarining ta'kidlaşiça, dunyoda uşbu formulaning maşhur fizik öz qöli bilan yozgan törtta nusxasi mavjud.
Polşalik fizik Lyudvig Zilberşteynga nemis tilida bitilgan bu maktub 1946 yilning 26 oktyabrida yozilgan. Zilberşteyn Eynşteynning ayrim nazariyalariga qarşi çiqqani bilan tanilgan.
Maktubni sotib olgan xaridorning ismi oşkor etilmagan.

















