Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni bo‘lib o‘tdi
Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazidan "Mo‘ynoqqa madad" xayriya ekovelomarafonining Farg‘ona viloyat bosqichi start oldi.
Marg‘ilon shahridan yo‘lga chiqqan "Mo‘ynoqqa madad" xayriya ekovelomarafoni ishtirokchilari Marg‘ilon shahri, Oltiariq tumanining Fayziobod, Poloson mahallalaridan, Tinchlik shaharchasi hamda Qo‘rg‘oncha mahallalari hududidan o‘tib, jami 43 kilometrlik masofani bosib, finish chizig‘i bo‘lgan Rishton tumani markaziga kelishdi.
Xalqaro kulolchilik markazi xayrli tashabbus maqsadida yo‘lga chiqqan ekovelomarafonchilarga Farg‘ona viloyati bosqichida finish vazifasini bajardi.

Ishtirokchilar Xalqaro hunarmandlar markazida kutib olindi.
Mazkur ekologik tadbirni o‘tkazilishidan asosiy maqsad Orolbo‘yi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadida korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar va faol fuqarolarning ixtiyoriylik asosida xayriya va homiylik mablag‘larini jalb etishdan iborat.
Avvalroq, Farg‘onadan velosipedda Samarqandga otlangan otaxonlar 7 kun deganda Farg‘onaga qaytib kelishgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:07 / 25.02.2026
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
10:36 / 25.08.2025
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi
00:21 / 08.06.2025