Sinflarda çalingan dastlabki qönğiroqlar

Ta'lim muassasalarida dastlabki qönğiroqlardan foydalaniş Qadimgi Yunonistonda boşlangan. Birinçi qönğiroq Aflotun akademiyasida joriy qilingan. Aflotun foydalangan qönğiroq biz bugun körib turgan qönğiroqlardan ança farq qilgan. Unda jarang hosil qiliş uçun suv va naydan foydalanilgan. Olim 2ta kemani nayça bilan boğlaydi. Bir kemadan keladigan suv nay orqali ikkinçisiga ötayotganda ovoz çiqqan va jarang hosil bölgan.

XVII asrga kelib, qönğiroq uçun yangi tizimdan foydalanişga ötiladi. Çexiyalik öqituvçi Yan Amos Komenskiy darslarni qönğiroq bilan tugatiş ğoyasini ilgari surib, sinfda köçma yoki statsionar qönğiroqdan foydalangan. XX asrga kelib, qönğiroqning ança takomillaşgan turi – elektr qönğiroqlar keng tarqaldi.

XIX asrda ingliz muhandisi Uilyam Sterjyen birinçi elektromagnitni yaratdi. Şundan keyin Iogan Vagner va Kristian Niff tebraniş bolğasini ixtiro qildi. Bu – elektr qönğiroqning paydo bölişi uçun muhim ixtiro edi. Şu tarzda elektr qönğiroqdan amaliyotda keng foydalanişga ötildi.

25 may sanasini sönggi qönğiroq sifatida nişonlaş qaçondan boşlangan?

Sönggi qönğiroqni 25 may sanasida nişonlaş 1948 yilda Rossiyada boşlangan. Bu an'ana Krasnodar şahridagi 182-maktab direktori Fyodor Bryuxovetskiy taşabbusi bilan yölga qöyilgan. Şuningdek, bilimlar kuni, maktabda navbatçi sinflarni taşkil qiliş, 1-sinf öquvçilari uçun alifbo bilan xayrlaşiş kabi an'analarni ham Fyodor Bryuxovetskiy olib kirgan. Keyinçalik bu ğoyalar butun ittifoq böylab yoyilgan va ularning aksari hozirgaça davom etadi.

“Amerikaça bitiruv kuni” qanday ötadi?

Amerikada 1920 yillarda sönggi qönğiroq çalingandan keyin bitiruvçilar sayohatga çiqişgan. 30 yillarga kelib, Amerikada bitiruvçilar sayohat, öyin va musobaqalar taşkil qilib, bitiruv kunini nişonlaşni boşlagan. Hozir Amerikada maktabda bitiruv kunini taşkil etiş Amerika Ta'lim Kengaşi tomonidan tartibga solinadi: Bunda ta'lim muassasalari rioya qiladigan körsatmalar bor. Bayramlar stadion, maydon va oçiq ötloqda ötkaziladi. Sönggi qönğiroq kuni bitiruvçilarning 5 daqiqagaça keçikişiga ruxsat berilgan.

Şuningdek, bitiruvçilar, qora xalat va akademik boş kiyimida diplom olişadi: Ularni kuzatiş uçun ota-ona va yaqinlari ham bayramga taşrif buyuradi. Marosim yakunida bitiruvçilar boş kiyimlarini tepaga uloqtirişadi.