Germaniyaning Drezden texnika universiteti xalqaro munosabatlar va texnologiyalar tranferi böyiça prorektori, professor Ronald Tetzlaf (Dr.Ronald Tetzlaff) rahbarligidagi delegatsiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, Özbekiston iqtisodiyoti rivoji uçun zarur bölgan zamonaviy mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlaş, qöşma ta'lim dasturlarini yölga qöyiş masalalari yuzasidan fikr almaşindi.
– Prezident Şavkat Mirziyoyevning Germaniyaga qilgan taşrifini yaxşi eslayman, – dedi janob Ronald Tetzlaf. – Taşrif davomida Prezidentingiz Özbekistonda katta imkoniyatlar borligini, Germaniya universitetlari filiallarini oçişni taklif qilib, barçamizni Özbekistonga çaqirgan edi. Rejalaştirilayotgan hamkorlikdagi dasturlarimiz nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyodagi Drezden texnika universitetining birinçi ta'lim loyihasi bölişi mumkin.
Drezden texnika universiteti ham Toşkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikdan manfaatdorligini va avtomobil yöllari qurilişi yönalişida bakalavr, magistr, PhD, malaka oşiriş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida universitetlarning yöl xöjaligi sohasiga ixtisoslaşgan fakultetlari örtasida hamkorlik aloqalarini örnatiş orqali treninglar taşkil etiş va startap loyihalarini amalga oşiriş, Özbekistonda faoliyat olib borayotgan Roland Berger GmbH nemis kompaniyasi mutaxassislarini kadrlar tayyorlaş jarayoniga jalb etişga kelişib olindi.
Toşkent davlat transport universiteti axborot xizmati.












