Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 12–19 may kunlari ösimlik yoği narxlarida arzonlaş kuzatildi.

Hafta oxiriga kelib, respublikada bir litr ösimlik yoğining örtaça narx 0,5 foizga pasayib, 18 ming 945 sömni taşkil etdi. Örtaça narxlar diapazoni Andijon viloyatida bir litr uçun 17 ming 45 söm, Toşkent şahrida 20 ming 331 sömgaça bölgan oraliqda özgarib bordi.

Markazga köra, respublikaning 12ta viloyatida ösimlik yoği narxlarining pasayişi kuzatildi. Xususan, Navoiy (2,2 foiz), Toşkent (0,9 foiz), Qaşqadaryo (0,8 foiz) va Buxoro (0,8 foiz) viloyatlarida nisbatan past körsatkiç qayd etilgan.

Tumanlar kesimida ösimlik yoği narxining bir litri uçun eng katta pasayiş Navbahor (8,7 foiz), Örtaçirçiq (7 foiz), Çust (6,4 foiz), Qörğontepa (4,9 foiz), Şörçi (4,1 foiz), Karmana (3,5 foiz) tumanlarida kuzatildi.

Hafta davomida narxlar faqat 2ta viloyatda: Xorazm (0,4 foiz) va Jizzaxda (0,1 foiz) oşdi.

3 hafta davomida – 28 apreldan 19 maygaça respublikada ösimlik yoğining örtaça narxi 1,3 foizga pasaydi.

«Ösimlik yoği narxlarining pasayişi içki bozordagi vaziyatning barqarorlaşayotganidan dalolat beradi», deyiladi manba ma'lumotida.

Avvalroq, 9ta viloyatda ösimlik yoği narxi pasaygani ma'lum qilingandi. Narxlardagi ösiş esa 5ta viloyatda kuzatilgani bildirilgan.