Kiprning Lamanka Interprises Limited kompaniyasi «Ohangaronsement» AJning 84,19 foiz uluşini xarid qildi. Bitim narxi 557,68 mlrd sömni taşkil qildi.
Özbekistondagi eng yirik sement zavodlaridan biri bölgan «Ohangaronsement»ning sotilgan paketlariga EUROCEMENT Holding AG egalik qilar edi.
Avvalroq, Toşkent fond birjasida kompaniya öziga tegişli bölgan 4 141 108ta oddiy röyxatdan ötgan aksiyalarini sotuvga çiqargan bölib, unda har bir aksiya uçun minimal narx – 103 593 000 sömni taşkil etişi közda tutilgan edi.
«Ohangaronsement»ning sof foydasi 2019 yilda 179,8 milliard sömni, 2020 yilning dastlabki 9 oyida 187,1 milliard sömni taşkil qilgan. Kompaniya 2021 yilning birinçi çoragida 24,8 mlrd söm sof foyda körgan.
Ma'lumot uçun, EUROCEMENT Holding AG «Ohangaronsement»ga 2006 yildan beri egalik qilib keldi.
Zavod 1961 yilda işga tuşirilgan bölib, dastlab 1994 yilda xususiylaştirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Uzoq vaqt davomida korxonaning asosiy egasi Zeromax kompaniyasi bölgan. 2006 yilda esa EUROCEMENT Holding AG 75,5 foiz aksiyalarni sotib olgan holda zavodning asosiy aksiyadoriga aylangan edi.
Zavodning loyihaviy quvvati yiliga 2,18 million tonna sementni taşkil etadi. Korxona tarkibiga Toşkent şahrining Sergeli tumanida joylaşgan quriliş materiallari va konstruksiyalar zavodi ham kiradi.
19ta sement zavodiga egalik qiluvçi EUROCEMENT Holding AG xalqaro sanoat xoldingining «Ohangaronsement»ni sotuvga qöyganiga kompaniyaning qarzlari sabab bölgan bölişi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaning özi ham Rossiyaning Sberbanki tomonidan sotuvga qöyilgani haqidagi xabarlar tarqalgan.












