«Adolat» milliy huquqiy axborot markazi direktori Furqat Tojiyev Kun.uz’ga bergan intervyusida Paxtaçi tumanidagi masjidda voyaga yetmagan bolani söroq qilgan IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan fikr bildirdi. II darajali adliya maslahatçisi Paxtaçida xodimlar qonunlarda belgilangan majburiyatlarini bajarişmaganini ta'kidladi.

«Içki işlar organlari töğrisida»gi qonunga köra, içki işlar idoralari xodimlarining har qanday şaxs bilan savol-javob qilişga haqqi bor. Söroq qilişning ham tartibi bor. Eng avvalo, xodim özini taniştirişi kerak. Söngra söroq qilişdan maqsadini tuşuntirişi kerak. Voyaga yetmagan şaxslarni söroq qilişning alohida tartibi bor, şularga rioya etiş kerak.

Içki işlar organlari xodimlari profilaktika maqsadida har qanday şaxsning hujjatini söraşga yoki savol-javob qilişga haqli. Lekin u dastavval fuqaroga özini taniştirişi, huquqlari va majburiyatlarini eslatişi, söroq qilişdan maqsadini aytişi kerak. Fuqaro talab qilganda xizmat guvohnomasi körsatilişi kerak», deydi Furqat Tojiyev.

Furqat Tojiyev

Eslatib ötamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi masjidlardan birida huquq-tartibot organlari xodimlari voyaga yetmagan bolani söroq qilayotgani aks etgan video tarqalgandi. Videoda xodimlar voyaga yetmagan boladan kim bilan va qaçon kelganini sörab, uning qölidagi sumkani oçib tekşiradi. IIB xodimi boladan masjidda qanday dars ötkazilayotgani böyiça ma'lumot oliş uçun, savollar beradi. Videotasvirda tasvirga olayotgan şaxs va xodimlar tortişib qolgani ham aks etgan.

Samarqand viloyati içki işlar boşqarmasi holat böyiça rasmiy munosabat bildirib, holat 2021 yil 25 may kuni Paxtaçi tumanida sodir bölganini ma'lum qildi. Bayonotda soat 20:30lar atrofida Paxtaçi tumanidagi Xöja-Ziyovuddin jome masjidi közdan keçirilganida X.A. ismli şaxs 11 kişiga diniy taşkilot boşqaruvi markaziy organining ruxsatisiz, diniy ta'limotdan saboq berayotgani aniqlangani keltiriladi. Bayonotda X.A. maxsus diniy ma'lumotga ega bölmagani, undan saboq olayotganlarning 5 nafari voyaga yetmagan şaxs bölgani alohida ta'kidlanadi.