May oyida ötkazilgan kelişuvlarga köra, ikki davlat örtasida «Samarqand–Olmaota» va «Turkiston–Toşkent» yönalişlarida muntazam aviaqatnovlar yölga qöyilmoqda.
«Samarqand–Olmaota–Samarqand» yönalişida Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marta, «Turkiston–Toşkent–Turkiston» yönalişida Air Astana aviakompaniyasi tarkibiga kiruvçi Fly Arystan aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marta qatnov yölga qöyiladi.
Ikki davlat örtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qat'iy rioya qilgan holda Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan «Toşkent–Olmaota» yönalişida haftasiga 7 martadan, «Toşkent–Nur-Sulton» yönalişida esa haftasiga uç martadan muntazam yölovçi qatnovlari bajarilmoqda.
Şuningdek, Uzbekistan Airways va SCAT Airlines aviakompaniyalarining har biri tomonidan «Urganç–Aqtau–Urganç» (haftasiga 2 marta) yönalişida hamda SCAT Airlines aviakompaniyasi tomonidan «Aqtau–Nukus–Aqtau» (haftasiga 1 marta) yönalişida muntazam aviaqatnovlar amalga oşirilmoqda.
«Air Astana aviakompaniyasi «Olmaota–Samarqand» yönalişidagi qatnovlarni 8 iyundan boşlab amalga oşiradi», deyiladi Transport vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma'lumotida.
Eslatib ötamiz, «Toşkent–Dubay–Toşkent» yönalişi böyiça muntazam reyslar soni ham köpaytirilgani haqida xabar berilgan edi.















