Jamiyat | 14:05 / 03.06.2021
11877
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolardan yo‘l harakatiga doir takliflarni qabul qilish yo‘lga qo‘yildi

Yo‘l harakati sohasini takomillashtirish bo‘yicha taklifingiz bormi? Endilikda, takliflaringizni bildirish orqali muammolarni hal etishda, mavjud kamchiliklarning tuzatilishida bevosita ishtirok etishingiz uchun imkon paydo bo‘ldi. Buning uchun, taklif va mulohazalaringizni respublika yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining elektron manzili va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yuborishingiz kerak bo‘ladi. Bu haqda, IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, guruh tarkibida hukumat mutasaddilari, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa idora hamda tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan yo‘llardagi harakat xavfsizligini ta'minlash va yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish holatlari, yo‘l infratuzilmasidagi jiddiy muammolar kompleks ravishda o‘rganiladi va ilmiy yondashuvlarni qo‘llash asosida normativ-huquqiy va manzilli tashkiliy-amaliy choralar ishlab chiqiladi.

«Hurmatli fuqarolar, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar yuzasidan takliflarni quyidagi elektron pochta manziliga yoxud Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarga yuborish mumkin:

Elektron pochta: yhxbb_taklif@mail.ru - elektron manzili;

Facebook: fb.com/yhxbb_taklif

Telegram: https://t.me/yhxbb_taklif

Ushbu jarayonga befarq bo‘lmasligingizni va faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz.

Zero, yo‘llardagi transport hodisalarining oldini olish har birimizning burchimizdir», - deyiladi xabarda.

Bundan avval, yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgani haqida xabar qilingan edi.

Mavzuga oid