Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakatda ikkinçi atom elektr stansiyasi qurilişi mumkinligini aytdi. 

«Kerak bölsa, ikkinçi atom stansiyasini ham quramiz. Butun kelajak mana şunda. Bizni Ğarb, ayniqsa qöşnilarimiz doim tanqid qilib keldi: "Oh, stansiya, xavfsizlik va boşqalar". Özlari esa stansiyalar qurişni rejalaştirişdi», — dedi u.

Avvalroq Belarus milliy fanlar akademiyasi prezidiumi raisi Vladimir Gusakov kelgusida respublikada ikkinçi va uçinçi AESlarni qurişga töğri kelişini aytgandi. Uning sözlariga köra, 3-5 yildan söng bitta AESning quvvati yetarli bölmay qoladi.

BelAESning birinçi bloki ötgan yilning 3 noyabr kuni Belarus yagona energiya tizimiga ulangan, 7 noyabrda uning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötgandi.

9 noyabr kuni AES elektr energiyasi işlab çiqarişni töxtatdi. Bunga texnik tusdagi muammolar sabab bölgan. Xabarlarda aytilişiça, kuçlaniş transformatori işdan çiqqan.

Fevralda Yevroparlament Belarus AESi faoliyati töxtatilişini talab qildi.