Hukumat qarori bilan Voyaga yetmagan şaxslarga jamoat tarbiyaçilarini tayinlaş töğrisidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga köra, jamoat tarbiyaçilarining asosiy vazifasi nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmiş sodir etgan voyaga yetmagan şaxslar bilan yakka tartibda işlaş, şuningdek, ota-onasiga (yoki örnini bosuvçi şaxslarga) voyaga yetmagan şaxslarni tarbiyalaşda yordam körsatişdan iborat.

Voyaga yetmagan şaxslarning jamoat tarbiyaçisi:

  • 30 yoşga tölgan;
  • voyaga yetmaganlar bilan kamida ikki yil işlaş tajribasiga ega;
  • hayotiy tajribasi va axloqiy fazilatlari bilan voyaga yetmaganlarga ijobiy ta'sir eta oladigan Özbekiston fuqarosi bölişi kerak.

Voyaga yetmagan qizlarga ayol kişilardan jamoat tarbiyaçilari tayinlanadi.

Jamoat tarbiyaçisini tanlaş va tayinlaş haqidagi qaror Voyaga yetmaganlar işlari böyiça tuman (şahar) idoralararo komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Quyidagi voyaga yetmagan şaxslarga jamoat tarbiyaçilari tayinlanişi mumkin:

  • sud tomonidan majburlov çoralari qöllanilgan yoki ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan;
  • ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötaşdan muddatidan oldin şartli ravişda ozod qilingan;
  • ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni ötagan;
  • nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
  • bolani tarbiyalaşda yordamga muhtoj oilalarning voyaga yetmagan farzandlari.

Yuklatilgan vazifalarni faol va vijdonan bajargan hamda ijobiy natijalarga erişgan jamoat tarbiyaçilari bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravarigaça (1 mln 225 ming sömgaça) miqdorda bitta voyaga yetmagan şaxs uçun bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantirilişi mumkin.

Voyaga yetmagan şaxsga jamoat tarbiyaçisi 3 oygaça muddatga tayinlanadi. Uşbu muddat Komissiya tomonidan jamoat tarbiyaçisi hisobotini eşitiş natijalariga köra, bir marotaba köpi bilan uç oygaça uzaytirilişi mumkin.