Rossiya Federatsiyasi hukumati xorijiy mehnat migrantlarining rus tili, tarixi va Rossiya qonunçiligiga doir bilimlari böyiça minimal talablar darajasini tasdiqladi. Hujjat RF huquqiy axborot portalida e'lon qilindi.
Xususan, migrantlar ijtimoiy turmuş va ayrim kasbiy mavzularda erkin muloqot qila olişi kerak. Işga qabul qiliş, şifoxonadagi maslahatlaşuvlar va politsiyaga murojaat qiliş kabilar şular jumlasidan. Şuningdek, endilikda, migrantlar ayrim hujjatlar va arizalarni töldirişni ham bilişlari şart.
Rossiya tarixi böyiça imtihon topşirişda xorijiy mehnat migrantlaridan muhim voqealar, yirik şaharlar nomlari hamda boş davlat bayramlariga oid savollarga javob berişlari söraladi. Bundan taşqari, ular özlarining asosiy huquq va erkinliklari hamda Rossiya hududida bölib turgandagi majburiyatlari haqida boxabar bölişlari kerak.
Bu talablar, ayrimlar istisnolar bilan Rossiyada vaqtinça yaşaşni rejalaştirganlarga ham tegişlidir.
Avvalroq, RF Içki işlar vazirligi MDHdan kelgan va mamlakatda bölib turgan noqonuniy migrantlardan 2021 yil 15 iyungaça Rossiya hududini tark etişni talab qilgan edi.

















