Oldinroq Kun.uz Karmana tumani Şibzon mahallasining Yangi Urganji massivida qurilgan namunaviy uylarda yer osti suvlari yaqinligidan yaşaş imkonsiz bölayotganini ma'lum qilgandi. «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Navoiy viloyati filiali mazkur masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, aybni Karmana tuman melioratsiya-irrigatsiya bölimiga tönkadi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu namunaviy ular 2019 yilda pudrat taşkilot «AKFA KRISTAL MONTAJ» MÇJ tomonidan qurilgan.
«Uşbu uy-joylar hududdagi fermer xöjalik ekin yerlariga tutaş bölgan maydonda qurilgan. Atrofda zovur mavjud bölib, bugungi kunga qadar Karmana tuman melioratsiya-irrigatsiya bölimi tomonidan biron marta tozalanmagan. Fermer xöjaligi tomonidan ekin yerlarining şörini yuviş va ekinlarni suğorgan vaqtda yer osti suvi sathining kötarilişi yuzaga kelmoqda. Qolaversa, atrofda zovur tozalanmaganligi sababli, yuzaga çiqayotgan şör uylarning sifatiga jiddiy ta'sir qilyapti. Haqiqatda, namunali uylar va fermer xöjalik ekin yerlari orasida yarmi kömilib qolgan zovur qazib çiqilsa, yer osti suvlari muammosi bartaraf etilişi mumkin. Namunaviy uy-joy atrofidagi zovurni qazib tozalaş «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Navoiy viloyati filiali vakolatiga kirmaydi», — deyiladi rasmiy munosabatda.
Şuningdek, munosabatda uşbu massivdagi yer maydonida boş rejaga asosan bolalar maydonçasi uçun joy ajratiş közda tutilmaganligi ta'kidlanadi.

Eslatib ötamiz, Karmana tumani melioratsiya bölimi boşliği Mömin Ikromov uşbu uylar qurilişi uçun yer tanlaşda melioratsiya-irrigatsiya sohasi mutaxassislarining xulosasi yoki taklifi olinmaganligini, hozirgi kunda uşbu hududda yopiq zovur quriş uçun qariyb 1 milliard söm, oçiq zovur quriş uçun esa 700 million söm mablağ sarflanişi mumkinligini ma'lum qilgandi.
















