Ha, atrofdagi barça narsa quyoş tiğida qiziy boşlagaç, miya qaynab ketgudek böladi. Bunday muhitda ofis xodimi işlaş tugul, qimirlaşga majolsiz bölib qoladi, albatta. Oftobda işlaşga majbur böladiganlarni-ku, asti söramang.
Ob-havodan arz qilib bölmaydi. Şuning uçun salqin kunlar kelişiga hali ança borligini inobatga olib, jaziramadan saqlaniş böyiça maslahatlarga amal qiling.
Umumiy qoidalar
1. Yengil kiyining. Matosi tabiiy tolalardan töqilgan, rangi oç tusli, havoni yaxşi ötkazadigan kiyimlarni tanlang. Qalin jinsi şimlarni kuz kelgunça taxmonga taxlab qöying.
2. Işga boş kiyimsiz va qoraytirilgan közoynaksiz çiqmang. Har ehtimolga qarşi, terini quyoş nurida kuyişdan asrovçi kosmetik vositalar bilan «döstlaşib» qöying.
3. Teriga yoğli kremlar va haddan ziyod kosmetik vositalar surtmang.
4. Imkon qadar köproq gazsiz suv içing, unga limon yoki yalpiz ham qöşişingiz ham mumkin. Kök çoy, kompotlar ham tavsiya etiladi. Içimliklar salgina sovitilgan bölsa, yanada yaxşi. Qahva va alkogoldan voz keçing.
5. Hazmi yengil taomlar iste'mol qiling. Mevalar, muzqaymoq va turli-tuman sabzavotli freşlar — yoz mavsumi uçun ideal variant.
6. Eng yaxşisi, ta'tilga çiqing va toğli maskanlarda dam oling.
Köçada işlovçilar issiqdan qanday saqlanişi kerak?
Quruvçilar, hammollar, traktorçilar, avtoturargohlarda işlovçilar va köçada kun böyi işlovçilar nima qilişi kerak? Boz ustiga, ularning aksariyati qalin uniformada bölişadi. Nimani hal qilib bölardi, qoidalar va xavfsizlik texnikasi şuni talab etadi.. Bunday işçilar uçun issiqdan saqlanişning quyidagi usullari mavjud:

1. Ham içiş, ham yuviniş uçun yoningizda imkon qadar köproq suv zaxirasi bölsin. Içimliklarni salqin saqlovçi termosingiz bölsin.
2. Yuzingizni iflos kaftlaringiz yoki kiyimingiz yengiga arta körmang. Bu vaziyat uçun çöntagingizda doimo nam soçiqçalar bölsin.
3. Texnik tanaffuslar qiling. Har bir soat işdan söng 10 daqiqa dam oling. Yoki ikki soatlik işdan söng 15 daqiqa.


















