Forumda ikki davlat hukumatlari vakillari, Özbekiston va Tojikiston viloyatlari rahbarlari hamda qöşni davlatlarning tadbirkorlari iştirok etişadi.
Manbaga köra, forumda yirik investitsiya loyihalari va savdo şartnomalarini amalga oşiriş töğrisidagi şartnomalar, tadbir yakunlari böyiça imzolanişi rejalaştirilgan tegişli hujjatlar muhokama qilinadi.
Özbekiston delegatsiyasi «Danğara» va «Panj» erkin iqtisodiy zonalariga taşrif buyurişi ham kutilmoqda.
Naşr manbasi bunday forumlarning ötkazilişi yaqin kelajakda özbek-tojik tovar ayirboşlaş hajmini 1 milliard dollarga yetkaziş böyiça belgilangan vazifani bajarişga imkon yaratişiga işonç bildirdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10-11 iyun kunlari rasmiy taşrif bilan Tojikistonga boradi.
Bundan oldin, Özbekiston va Tojikiston örtasida avtobus qatnovi qayta tiklanişi mumkin ekani xabar qilingandi.

















