Özbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qator vakolatlari bekor qilinadi.

Tegişli prezident farmoniga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagilar yuzasidan hujjat qabul qiliş huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinadi:

  • yer uçastkalarini töğridan töğri ajratiş, foydalanişga beriş, kelgusida ajratiş uçun zaxiralaş, biriktiriş, obodonlaştiriş uçun beriş yoki yerlarni boşqaça yöl bilan tasarruf qiliş; bundan mazkur farmonga muvofiq yer uçastkalarini davlat taşkilotlariga doimiy foydalanişga ajratiş, oçiq tanlov yakunlarini tasdiqlaş, ijara şartnomasini imzolaş, yer uçastkalarini xususiylaştiriş natijalarini rasmiylaştiriş böyiça vakolatlar mustasno;
  • tuman va şahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uçastkalariga bölgan huquqlarni belgilaş, e'tirof etiş, özgartiriş, bekor qiliş;
  • suğoriladigan yerlarni suğorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boşqa yer toifasiga, suğorilmaydigan qişloq xöjaligi yerlarini boşqa yer toifasiga ötkaziş;
  • jamoa boğdorçiligi, uzumçiligi va polizçiligi hamda yordamçi qişloq xöjaligini yuritiş uçun yer beriş;
  • xususiylaştiriladigan yer uçastkalariga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etişni çeklaydigan boşqa majburiyatlarni belgilaş.

Qonunçilik hujjatlarida uşbu farmonda belgilanganidan boşqaça tartibda yer uçastkalarini ajratişni nazarda tutuvçi barça tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan töliq bekor qilinadi.

Davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uçastkalarini töğridan töğri ajratiş yoki boşqaça tarzda imtiyoz va istisnolar belgilaş taşabbusi bilan çiqiş taqiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 avgustdan boşlab, istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uçastkalarini töğridan töğri ijaraga berişga haqli böladi: