Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashinani jarima maydonidan olib chiqib berishini aytib pul talab qilgan erkak qo‘lga tushdi
Qo‘qon shahrida fuqaroning mashinasini jarima maydonidan chiqarishini aytib, pul talab qilgan erkak ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Ichki ishlar boshqarmasining Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda D.A. ismli erkak I.ning avtomashinasini (transport vositasini mast holda boshqargani uchun jarima maydonchasida saqlanayotgan) 600 dollar evaziga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali chiqarib berishini aytgani aniqlangan.
Shuningdek, u ish bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnomani yo‘q qildirib berishni va'da qilib, 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Avvalroq, Avtomaktab o‘qituvchisi fuqaroni IIBda ishlovchi tanishi orqali imtihonlardan o‘tkazib qo‘yishni va'da qilib pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
10:00 / 25.09.2025
6 nafar fuqaro nomiga avtomobil xarid qilib o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi
09:37 / 12.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi
15:40 / 15.02.2025
Qo‘qonda “oshkora qotillik”: ko‘pyillik chinor kuppa-kunduzi kesib ketildi
17:45 / 23.11.2024