Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Madaniyat va san'at sohasini hamda madaniy turizmni rivojlantiriş maqsadida “2021-2024 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar” Dasturi tasdiqlandi.

Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ta'lim muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş;
  • muzeylar, teatrlar va ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantiriş;
  • madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş;
  • “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va faoliyatini rivojlantiriş;
  • madaniy-ma'rifiy, tarğibot tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş.

Şuningdek, qaror bilan Madaniyat vazirligi muassisligida “Qoraqalpoğiston san'at saroyi” davlat muassasasini taşkil etiş nazarda tutilgan. 
 
Quyidagilar San'at saroyi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablağlar;
  • Madaniyat vazirligining budjetdan taşqari mablağlari;
  • xöjalik faoliyatidan va şartnoma asosida körsatilgan xizmatlardan tuşadigan mablağlar;
  • xalqaro moliya taşkilotlari va xorijiy taşkilotlarning grantlari;
  • jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;
  • qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.