Bugun, 9 iyun kuni Qozoğistonning «Air Astana» aviakompaniyasi Almati-Samarqand-Almati yönalişida Samarqandga ilk qatnovni amalga oşirdi. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroporti ma'muriyati xabar bermoqda.

Qozoğistonning Almati şahridan KS121 raqami ostidagi reys bilan uçgan Airbus 321 rusumli samolyot Toşkent vaqti bilan 16:15da Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qöngan. An'anaga muvofiq, havo kemasi öt öçiruvçi maşinalari yordamida hosil qilingan sun'iy suv arkaci tagidan ötib, töxtaş joyiga kelgan.

Tadbirda Qozoğistonning Samarqanddagi boş konsulxonasi va «Air Astana» aviakompaniyasi vakillari, Qozoğistonning Samarqanddagi konsuli Arsen Abduraxmanov, viloyat hokimi örinbosari, viloyat turizm va sport boşqarmasi boşliği B.Nurillayev, hamda boşqa mas'ullar iştirok etgan.

Ma'lumot uçun, joriy yilning 8 iyun kuni «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan «Samarqand – Almati – Samarqand» yönalişida yölga qöyilgan aviaqatnovning birinçisi amalga oşirilgan edi. Milliy aviakompaniya tomonidan Qozoğistonga haftaning har seşanba va şanba kunlari parvoz amalga oşirilmoqda. «Air Astana» aviakompaniyasi esa haftaning har çorşanba va yakşanba kunlari öz reyslarini amalga oşirişni rejalaştirgan.

Çorşanba kuni 
Olmaota-Samarqand 

  • 15:35 (Olmaota vaqti) 
  • 16:15 (Samarqand vaqti)

Samarqand-Olmaota

  • 17:45 (Samarqand vaqti)
  • 20:20 qöniş (Olmaota vaqti)

Yakşanba kuni
Olmaota-Samarqand

  • 11:20 (Olmaota vaqti)
  • 11:55 (Samarqand vaqti)