Bu haqda yer munosabatlariga oid prezidentning yangi farmoni yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma'lum qildi.

«Toşkent şahrida töğridan töğri şahar hokimining qarori bilan yer ajratiş böyiça eksperiment bölgan edi. Bu muddat tugadi, endi Toşkent şahrida ham yerlar auksion orqali ajratiladi. Uşbu farmon heç qanday istisnolarsiz şaharda ham ijro qilinişi kerak.

Çunki ayniqsa şaharga alohida e'tibor qiliş kerak. Toşkent va Samarqand şaharlarida yer juda qimmat. Şuning uçun, bu yerlarning haqiqiy bahosi auksionda aniqlanib, davlatga pul tuşişi kerak.

Tezroq investitsiyalar kiritilişi, egiluvçan tizim bölişi uçun bu qilingan edi, endi tugadi, tamom. Buyoğiga auksion bölişi şart» – deydi Ruslanbek Davletov 9 iyun kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida.