Ma'lum qilinişiça, uşbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uçinçi tölqiniga duç kelgan Afğoniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oşirildi.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi ma'lumotiga köra, şu munosabat bilan taşkil etilgan marosimda sözga çiqqan Afğoniston vakillari Özbekiston prezidentiga körsatayotgan doimiy e'tibor va ğamxörligi uçun samimiy minnatdorlik bildirdi. Şavkat Mirziyoyev Afğoniston hukumatining favqulodda gumanitar yordam körsatiş haqidagi murojaatiga javob bergan birinçi davlat rahbari bölganini alohida qayd etdi.  

Balx provinsiyasi gubernatori Farhod Azimiy Özbekiston tomonidan körsatilayotgan yordam Afğoniston xalqiga çinakam birodarlik munosabatining yorqin namunasi ekanini ta'kidladi.

Balx provinsiyasi kengaşi rahbari Muhammad Xalidning aytişiça, Özbekiston prezidenti butun dunyoga özbek xalqining afğon xalqi bilan nafaqat pandemiyani yengiş, balki Afğoniston zaminiga uzoq kutilgan tinçlik va osoyiştalikni olib keliş borasida niyati birligini namoyiş etdi.

Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev öz nutqida pandemiya şaroitiga qaramay, Özbekiston-Afğoniston çegarasi orqali qöşni mamlakatga oziq-ovqat va dori-darmonlar uzluksiz ravişda yetkazib berilayotganini aytdi. Özbekiston qöşni davlatga har tomonlama kömak berişda davom etişga tayyor.

Eslatib ötamiz, 2021 yil yanvar oyida prezident Şavkat Mirziyoyevning şaxsiy kömagi ostida afğonistonlik şifokorlarning Özbekistondagi klinikalarda pandemiyaga qarşi kuraşiş böyiça mamlakat tajribasi bilan tanişişi taşkil etilgan edi.