Suriştiruv: Vafot etgan soliqçi – Kattaqörğon YPX xodimlari böğib qiynagan birinçi fuqaro emas
|04:15 / 13.06.2021103 9949 min
Kattaqörğonda 41 yoşli soliq mulozimi içki işlar xodimlari tomonidan majburan olib ketiliş jarayonida vafot etdi. Kun.uz jurnalistik suriştiruvi xodimlarning xatti-harakatlari va vazirlik bayonotiga nisbatan ayrim savollar borligini körsatmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan dastlabki xabarlarda tuman IIB YHX bölinmasining 4 nafar xodimi Kattaqörğon tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği örinbosari, 41 yoşli Azizbek Ahmedovga nisbatan haddan ziyod kuç işlatganligi sababli uning ölimiga sabab bölgani aytildi.
Marhumning yaqinlari bu maş'um hodisada tuman yöl patrul xizmati xodimlarini ayblaşmoqda.
Marhum Azizbek Ahmedov
Prokuratura holat yuzasidan JKning 206-moddasi (Mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan jinoyat işi qözğatgan.
Kun.uz Kattaqörğon tumanida bölib, marhumning kasbdoşlari va yaqinlari bilan uçraşdi, voqea xronologiyasini tiklaşga harakat qildi.
Kattaqörğon tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği Akbarali Qulmirzayev öz örinbosari işda namunali xodim bölgani, heç qaçon soğliğidan şikoyat qilmagani, hattoki kovidga uçramaganini aytib ötdi.
Qulmirzayev voqea iş vaqtida sodir bölmagani va boşliq voqea ustida bölmagani sababli, boşqa tafsilotlarni ma'lum qila olmasligi, holat böyiça tergov olib borilayotganini bildirdi.
Kattaqörğon tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği Akbarali Qulmirzayev
Biz Azizbek Ahmedov tuğilib ösgan va tuproqqa qöyilgan Qöşhovuz mahallasidagi Tolbuloq qişloğiga bordik. Aza tutilgan xonadon. Hammaning boşi egik.
Azizbek Ahmedov tuğilib ösgan xonadon
Marhumning amakisi Isomiddin Jamolov jiyani 20 yildan buyon soliq idoralarida işlab kelgani, u şu vaqtgaça birorta tabletka içmagan va heç qaçon soğligidan şikoyat qilmagan baquvvat yigit bölganini közida yoş bilan ta'kidladi.
Mavzuga oid
Isomiddin Jamolov
Voqea qanday sodir bölgan?
Guvohlarning söziga köra, 9 iyundan 10 iyunga ötar keçasi soat taxminan 12:20 – 12:50larda Kattaqörğon tuman markaziga yondoş Kadan şaharçasidagi 4R-243 – Payşanba–Kattaqörğon yölining 7-kilometrida YPX xodimlari – tuman IIB yöl harakati xavfsizligi bölinmasi boşliği, leytenant Mehriddin Qöçqorov, katta serjant Şuhrat Xoliqulov, kiçik serjant Nodir Ismoilov, kiçik serjant Şahboz Rahimberdiyev Azizbek Ahmedov boşqaruvida bölgan 30 B 572 RA raqamli «Cobalt» avtomaşinasini 30 X 577 SA raqamli «Spark» avtomobilida qisib töxtatişadi. Çunki Kobalt svetoforning qizil çiroğida çorrahani kesib ötgan edi.
Maşina töxatilgan joy – Kadan şaharçasidagi 1-sonli kasb hunar maktabi röparasi. Bu maskan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça 2-sektor ştabi ham hisoblanadi.
2-sektor ştabi
Guvohlarga köra, 2-sektor ştabi oldida 3- va 4-sektor a'zolari qariyb bir soat torta-tort qilişadi. Spirtli içimlik içganlikda gumon qilingan, jismonan baquvvat Azizbek Ahmedovni tibbiy tekşiruvga majburiy olib borişga tört nafar YPX xodimining kuçi yetmaydi. Marhumning yaqinlari taxminiga köra, Ahmedovni tinçlantiriş uçun unga nisbatan böğiş sambo qölkuraşi usuli qöllaniladi, uning boşini pastga bosişadi. Nafas yetişmovçiligidan ölim sodir böladi.
IIV vakillariga köra, Ahmedovning maşinadan tuşib qoçmoqçi bölganida yugurgani, undan keyingi uzoq jismoniy tortişuv, havoning dimligi va Ahmedovning spirtli içimlik içgani voqeaning ayançli yakun topişida muhim rol öynagan.
Vazirlik munosabatidagi çalkaşliklar
Içki işlar vazirligi rasmiy munosabatida bildirişiça, Azizbek Ahmedov xodimlarning töxtaş işorasiga böysunmasdan, yuqori tezlikda harakatlanib yaşirinmoqçi bölgan. Rasmiy izohda 4R-243 yölining 7-kilometriga yetganida haydovçi «Cobalt»ni yölning qatnov qismining örtasida töxtatib, maşinani taşlab, piyoda qoçişga uringani aytiladi.
Lekin biz qölga kiritgan, öşa kungi voqeaga oid IIB tezkor xabarnomasida Azizbek Ahmedov töxtaş işorasi berilganidan söng töxtagani, u YPX xodimlaridan öziga azob bermaslikni baqirib söraganidan söng ham YPX xodimlari unga nisbatan kuç işlatişda davom etib, yuzini pastga qaratgan holda maşinaning orqa örindiğiga bosib turişgani, şundan söng qisqa muddatda ölim yuz bergani qayd etilgan.
Voqea yuzasidan tezkor xabarnoma
Ha, IIB vakillari ta'kidlayotganidek, haydovçi mast bölgandir, lekin nega unga nisbatan kuç işlatilgan? Voqea uzoq qişloqda emas, qariyb tuman markazida – Azizbek Ahmedovning işxonasidan töğri yöl böylab 965 metr narida sodir bölmoqda. Bunday holatlarda tuman IIBdan yordamçi kuç çaqirsa bölar edi-ku?
Qolaversa, huşidan ketgan insonni YPX xodimlari tez yordamni kutmasdan, voqea joyidan 750 metr narida bölgan kasalxonaga zudlik bilan olib borişi mumkin edi-ku?!
Voqea joyidan TTBgaça bölgan yöl sxemasi
Marhumning qarindoşlari uning jasadida kuç işlatilganlik izlari borligini ta'kidlaşdi. Çunonçi, mayyitni yuvgan qarindoşlar uning ikki qölida barmoq izlari, böynida va yuzida şilingan jarohatlar borligini aytişdi.
YPX xodimlarining yaşirin kuzatuvi
Örinli savol tuğiladi: nega Kadan şaharçasida 4 nafar YPX xodimlari signal çiroqlari bor xizmat maşinasida emas, şaxsiy maşinada patrullik qilayotgan edi?
Ular nima maqsadda bunday yöl tutişgan? Eng qiziği, bu YPX xodimlari içida Kattaqörğon tuman IIB YHXB boşliği Mehriddin Qöçqorov ham borligi.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati boşliği Jahongir Sa'dullayevning tuşuntirişiça, 2021 yilning ötgan davri içida Kattaqörğon tumanida jinoyatçilik darajasi oşgan, 14 ta avtohalokat sodir bölgan va ularning 2 tasi ölim bilan tugagan. Şu sababli tumanda tungi patrullik kuçaytirilgan. Xodimlarning şaxsiy avtomaşinalaridan ham xizmatda foydalanişga ruxsat berilgan. Çunonçi, öşa kuni YPX xodimlarining xizmat dislokatsiyasi bölgan.
Şu örinda savol tuğiladi. Qariyb yarim yil içida bir tumandagi 2ta YTH ölim bilan tugagani YPX xodimlariga xizmat uçun şaxsiy avtomobilidan ruxsat beriş darajasidagi holatmi?
Ayrim taxminlarga köra, Ahmedovning öz örtoqlari bilan oşxonada ötirgani va spirtli içimlik içgani haqida YPX xodimlariga yaşirin tezkor ma'lumot yetkazilgan. Ular soliqçini ataylab poylab turgan bölişgani ehtimoliga tergovda diqqat qaratilişi maqsadga muvofiq.
Bodikamera tasvirlari
IIV xodimlardan birining bodi-kamerasidan olingan tasvirlarni e'lon qildi. Videodan xodimlarning haydovçiga nisbatan muomalasi yomon bölmaganini köriş mumkin, lekin baribir savollar yetarliça.
Birinçidan, IIV rasmiy munosabatida ta'kidlangan holat – Ahmedovning töxtamasdan qoçgani bu videoda körinmagan.
Ikkinçidan, tasvir uzluksiz emas, unda kesilgan va montaj qilingan joylar bor.
Uçinçidan, bizga ma'lum bölişiça, öşa kuni 4 nafar xodimdan 3 kişining bodikamerasi işlamagan. Kimnikidir yeçib qöyilgan bölgan, yana ikkitasining batareyasi ötirib qolgan.
Bu birinçi böğiş emas
Tolbuloqliklardan biri uşbu maş'um hodisadan 6 kun muqaddam, 4 iyun kuni ikki nafar YPX xodimi – Şahboz Rahimberdiyev va Şuhrat Xoliqulovning jismoniy bosimiga duçor bölganini aytadi.
Zulfiqor Xonnazarovga köra, YPX xodimlari uni ham şaxsiy «Matiz» maşinasida yölini qisib töxtatişgan va töqnaşuv sodir bölgan. U YPX xodimlari tan jarohati yetkazgani, uning böynidan qöl bilan siqib, huşidan ketar darajaga olib kelişganini hikoya qilib berdi.
Zulfiqor Xonnazarov
Marhumning qarindoşlari internetda e'lon qilinayotgan har bir xabar va maqolalarni sinçkovlik bilan kuzatişmoqda. Marhumning amakisiga köra, ta'ziyaga viloyatdagi sektor rahbarlari kelib, holat töliq qonuniy örganib çiqilişiga işontirişgan.
Öşa kuni Kadanda röy bergan voqeani öz közi bilan körgan guvohlardan biri marhumning yaqinlariga voqea qanday bölganini hikoya qilib bergan.
Uning sözlaridan, YPX xodimlari va soliq idorasi xodimlari heç qanday haqoratli sözlar işlatişmagan. Guvoh YPX xodimlari Ahmedovning maşinasini jarima maydonçasiga joylaştirib, özini «Spark» maşinasiga majburlab mindirmoqçi bölişgani, oqibatda haydovçi ölib qolganini aytadi. Guvohning sözlaridan xulosa qilinsa, «Cobalt» avtomaşinasi qisib töxtatilganidan boşlab, «tez yordam» maşinasi kelib, soliqçining ölimini qayd etgungaça 40-45 daqiqa vaqt ötgan.
Qora qilmişmi yo qora kuç?
Holat yuzasidan tergov-suriştiruv işlari ketmoqda. Azizbek Ahmedovning ölimi taşqi kuç ta'sirida röy bergani ekspertiza xulosalari orqali isbotlansagina IIB xodimlariga qat'iy çora körilişi mumkinligi aytilyapti.
Kimga qiyin, Azizbekning yaqinlariga, jigarlariga qiyin. Azizbekning otasi 48 yoşida avtohalokat tufayli olamdan ötgan ekan. Onaizor 10 ta yetim farzandni özi katta qilib, oyoqqa turğizgan. Azizbekning bir singlisi ham 2011 yilda erta olamdan ötgan ekan. Singilning ikki nafar norasida farzandi ham uning qaramoğida edi. Marhumning voyaga yetmagan 2 nafar farzandi – öğli va qizi ham bor.
10 yetimni katta qilgan ona endi pensiya yoşiga yetganda, 4 nevarasi ham boquvçisidan ajralib, yetim qoldi...
Sabablar esa — yöllarda harakatlaniş qonun-qoidalariga bepisandlik va ehtimolki, organ xodimlarining vakolatlaridan çetga çiqişi ham emasmikin?
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi