Birinçi bölim yakuni arafasida «Inter» futbolçisi kutilmaganda maydonga quladi. Futbolçilar uning tili orqaga ketib qolişining oldini olişga harakat qilişdi. Bu vaqtda maydonda şifokorlar tuşdi. Futbolçiga 15 daqiqa davomida yordam körsatildi, yurak massaj qilindi va maxsus texnika yordamida huşiga keltirişga harakat qilindi.

Tibbiy yordam körsatilayotgan vaqtda daniyalik futbolçilar jamoadoşlarini öz tanasi bilan pana qilib turişdi. Reanimatsiya muolajasi muvaffaqiyatli yakunlangaç, Eriksen maydondan olib çiqib ketildi. Ketayotgan vaqtda Eriksen öziga kelgan edi. Uni tez yordam maşinasida kasalxonaga olib ketişdi. Yevro-2020 doirasidagi Daniya – Finlandiya öyini esa vaqtinça töxtatildi.

Kristian Eriksen 1992 yil tuğilgan. U Italiyaning «Inter» klubi va Daniya milliy jamoasi şarafini himoya qiladi. Futbolçi tört marta (2013, 2014, 2015, 2018 yillar) Daniyaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.