Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko aholini öqotar qurol qöllaş malakalariga örgatiş lozim deb hisoblamoqda. U buni «şu kabi malakalarni oğir davrlarda jang maydonida örganişga töğri kelmasligi uçun» talabalardan boşlaşga çaqirgan. Lukaşenko bu taşabbusini «dunyo aqldan ozayotgani va uruş dunyoning istalgan burçagida boşlanişi mumkinligi» bilan tuşuntirgan.
Belarus rahbari bu haqda «Uste» işlab çiqariş-texnik klasteriga taşrifi vaqtida aytgan. U bu yerda raketalar va öqotar qurollar uçun öq-dorilar işlab çiqarilişi bilan tanişgan.
«Kim ertaga jang qilmasligimizni kafolatlay oladi? Heç kim, men ham yoki boşqa birov ham. Dunyo umuman aqldan ozgan. Uruş dunyoning istalgan burçagida istalgan vaqt boşlanişi mumkin. Tangri saqlasin, bizda bölmasin», deb aytgan Lukaşenko.
U belaruslarni öqotar qurol qöllaş malakalariga örgatiş muhimligini ta'kidlab ötgan. Lukaşenko qurolli kuçlarda tayyorgarlikdan ötadiganlarda bunday malakalar borligini, biroq köpçilik harbiy xizmatga çaqirilmasligini aytgan. «Talabalar va boşqalarni öqotar qurol qöllaş – avtomatni soçib-yiğişga, undan otişga örgatsak qanday bölarkin? Uni qöllaşni bilişlari va oğir davrlarda jang maydonida buni örganişlariga töğri kelmasligi uçun», deb izohlagan öz taşabbusini Belarus yetakçisi.
Iyun boşida Lukaşenko Belarus öz öqotar qurolini işlab çiqarişni yölga qöyişi zarurligini aytgan. U Rossiyani bunga misol qilib körsatgan.

















