Rasmiy relizga ko‘ra, musobaqalarda 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlardan iborat 7779 ta jamoa ishtirok etdi.

Tuman, shahar va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 14ta jamoa 12-15 iyun kunlari Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida DXX raisi kubogida qatnashdi.

12 iyun kuni qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 4ta guruhga bo‘lingan holda, musobaqa g‘olibligi uchun kurashga kirishdi. Shuningdek, maxsus qur'a yordamida ularga O‘zbekiston futbolining nomdor mutaxassislari yordamchi murabbiy sifatida biriktirib berildi.

Turnir tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev turnir xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi. O‘zbekistonda 16-30 yoshlar oralig‘idagi yoshlarni o‘zida qamrab olgan bu kabi keng ko‘lamli musobaqalar kam. Har bir mahalla o‘z sha'nini himoya qilgani, keyinroq esa tuman va respublika bosqichi bilan turnir davom ettirilgani, 60mingdan ziyod yoshlarning bir chempionat yo‘lida kurashga kirishgani juda xursand qildi.

Tashkiliy masalada qiyinchiliklar bo‘ldi. Lekin ishtirokchilarning ko‘zlaridagi minnatdorlik hislari barcha charchoqlarimizni chiqarib yuboradi», – deydi O‘zPFL direktori.

k2WH4H-XVC9PzWh-asLfKSVAAWI4pFt2.jpg (1280×853)
IQ1aer9w52BM3JxUR_w8UzQ5gnfEBH5b.jpg (1280×853)

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani «Samarqand» MFY jamoasi, 2-pog‘onani Sirdaryo viloyati Guliston shahri «Taraqqiyot» MFY jamoasi, 3-o‘rinni Jizzax viloyati Zomin tumani «G‘ofur G‘ulom»