7 may kuni Fuqarolik işlari böyiça Jizzax tumanlararo sudi da'vogar Gyunel Aliyevaning javobgarlar Qosimjon Husanov va Rustam Ahatovlarga nisbatan oldi-sotdi şartnomasini haqiqiy emas deb topiş haqidagi arizasini qanoatlantirdi.

Şuningdek, sud Qosimjon Husanovga nisbatan özboşimçalik bilan qilingan qurilişni buzdiriş haqidagi da'vo arizasini ham qanoatlantirdi.

Ya'ni bino auksionda Gyunel Aliyevaga sotib bölingaç, uning avvalgi egasi Qosimjon Husanov va Rustam Ahatovlar örtasida 2019 yil 30 dekabr kuni tuzilgan noqonuniy oldi-sotdi şartnomasi sud tomonidan haqiqiy emas, deb topildi. Şuningdek, Qosimjon Husanovga u tomonidan özboşimçalik bilan qurilgan binoning ikkinçi qavatini öz hisobidan buzdiriş majburiyati yuklandi.

Gyunel Aliyevaning ma'lum qilişiça, sudning mazkur hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya şikoyati keltirilmagan va 7 iyun kuni hal qiluv qarori qonuniy kuçga kirgan.

“Avvalambor Kun.uz muxbirlariga, qolaversa Jizzax viloyat prokuroriga, şuningdek viloyat prokuraturasi xodimi Xurşid Muhammadiyevga öz minnatdorligimni bildiraman. Ular egilgan, bukilgan adolatni yuzaga çiqarişdi va Özbekistonda qonun ustuvorligiga menda işonç paydo qilişdi. Aynan ularning yordami bilan sud idoralaridagi ikki yillik sarsongarçiligim barham topdi. Boş prokuraturaga ham öz minnatdorligimni bildiraman”, – deydi Aliyeva.

Avvalroq Kun.uz saytida onlayn auksiondan köçmas mulk sotib olib, Jizzaxdagi sudyalarning mantiqsiz qarorlari sabab muammolar girdobiga kirib qolgan tadbirkor ayol Gyunel Aliyevaning huquqlari Oliy sudda tiklangan bölişiga qaramay, Jizzaxdagi sudlarda navbatdagi «közböyamaçiliklar» boşlangani, keyinçalik sudyalar öz xatolarini tuzatgani haqida yozilgandi.

Uşbu maqolalardan söng Sudyalar oliy kengaşi tomonidan Gyunel Aliyevaga nisbatan nohaqlik qilgan sudyalarga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangandi.

Mavzuga doir: