Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Boş jome masjidini borib kördi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bu joyda ilk masjid 1870 yilda tiklangan. Hozirgi masjid qurilişi 2018 yilda boşlanib, şu yil may oyida yakunlandi.


Yangi bino qadimiy çor ayvon va çor darvoza uslubida barpo etilgan. Uning ikki çetida balandligi 54 metrlik minoralar, asosiy binoning tepa qismida diametri 18 metrli gumbaz qurilgan.

Ilgari masjid siğimi 5 ming kişini taşkil qilgan bölsa, endi bino 15 mingdan ortiq namozxonni öz içiga siğdira oladi.

Qur'on oyatlaridan tilovat etilib, duo qilindi.


- Bu dargohni barpo etişga hissa qöşgan muhandislar, quruvçi va bezakçilar, homiylarga minnatdorçilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak bölsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda ulamo va imom-xatiblar bilan muloqot böldi.
- Hamma joylarda muqaddas ziyoratgohlarni obod qiliş, yangi masjid va ma'rifat markazlari qurişga e'tibor qaratyapmiz. Bunday xayrli işlarni davom ettiramiz. Mömin-musulmonlar bu yerga kelib, ibodatlarni emin-erkin bajarib, şukronalik bilan xalqimizni duolar qilsa, nur ustiga nur, - dedi davlat rahbari.
























