Kun.uz muxbiri Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta'minlaş töğrisidagi prezident farmoni böyiça bölib ötgan matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi tomonidan tilla ruçkalar xaridi böyiça e'lon berilişi jamoatçilik e'tiroziga sabab bölgani, budjetdan taşqari jamğarmalar mablağlaridan xarid amalga oşiriş qaçon nazoratga olinişi haqidagi savol bilan murojaat qildi.
Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev uşbu holatlar böyiça nazorat qiluvçi organlar Hisob palatasi va Moliya vazirligining Nazorat-taftiş boş boşqarmasi ekanini bildirib, hali bunday holatlar butunlay yöq böladi deyişga erta ekanini ta'kidladi.
“Lekin korrupsiyaning eng katta kuşandasi – bu oçiqlik. Ommaviy axborot vositalarining faolligi orqaligina biz kelgusida nooqilona foydalanişlarning oldini olişimiz mumkin böladi” – deydi Xudoyor Meliyev.
Aksilkorrupsiya agentligi direktorining örinbosari Umida Töxtaşeva esa bu yerda muammo normativlar belgilanmaganida ekanini ta'kidladi.
“Şaffoflik orqali siz şu narsadan xabar topyapsizmi, şu narsaga e'tiroz bildiryapsizmi, soliq tölovçi sifatida sizning haqqingiz bor. Şunday e'tirozlar kelgusida mana şunday normalarning işlab çiqilişiga xizmat qiladi” – dedi Agentlik rasmiysi.
Eslatib ötamiz, Mudofaa vazirligi har biri 15 mln sömlik tilla qoplangan ikkita ruçka xaridi böyiça e'lon bergandi. Keyinroq vazirlik e'londagi 15 mln söm yakuniy narx emasligini, takliflarga qarab arzonroqqa ham xarid qilinişi mumkinligini, şuningdek uşbu xarid vazirlikning budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşirilişini ma'lum qilgandi.















