Şu yil aprelda «Şaxsga doir ma'lumotlar töğrisida»gi qonunga qöşilgan yangi 27-1 modda kuçga kirgan edi. Şu asosda yirik internet kompaniyalar va ijtimoiy tarmoqlardan Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma'lumotlarni jismonan Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlaş talab etilmoqda.

Kun.uz bu qonunning ehtimoliy oqibatlari haqida Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot xavfsizligi kafedrasi yetakçi mutaxassisi, fan doktori Anvar Narzullayev bilan suhbatlaşdi. 

Quyida suhbatning ikkinçi qismi matn holida taqdim etilmoqda.

– Serverlarning kiberxavfsizligi qaysidir davlatda joylaşganiga boğliqmi yoki buning ahamiyati yöqmi?

– Bu yerda ikkita narsani hisobga oliş kerak: birinçidan, kiberxavfsizlik deganda onlayn hujumlar ham tuşuniladi, serverlarga onlayn hujum qilinişi – kiberxavfsizlikning bir qismi. Hakerlar hujum qilayotganda serverning qaysi davlatda joylaşganiga unça e'tibor bermaydi. Şu jihatdan qaralganda, serverlarning qayerda joylaşgani katta ahamiyatga ega emas.

Ikkinçidan, serverlarning jismoniy xavfsizligini ham tuşuniş kerak, masalan, istalgan bir serverga biror bir xodim ulanadigan bölsa, uning uzoq masofadan ulangan odamdan farqi – u köproq ma'lumotlarni öğirlaşi mumkin.

Qolaversa, xavfsizlik deganda faqat ma'lumotlarni öğirlaş tuşunilmaydi, balki ularning yaxlitligini saqlaş ham tuşuniladi. Misol uçun, serverdagi ma'lumotlar elektr toki öçişi, yonğinlar yoki boşqa tabiiy va boşqa ofatlardan ham himoyalangan bölişi talab etiladi.

Özbekistonda mana şunday data-markazlar qilinadigan bölsa, yuqoridagi kabi xavfsizliklar qançalik ta'minlanişini ham öylab köriş kerak. Katta kompaniyalar buni töliq örganib çiqib, undan keyin bunday markazlarga yoki serverlarga pul tikişadi.

– Hozirgi kunda siz aytgan xavfsizlikning qay biri aktualroq?