Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev farmon loyihasida Özbekistondagi istalgan bino manzilini kiritiş orqali inşootning mulkdori töğrisidagi, şuningdek, avtomobil tarixi töğrisidagi ma'lumotlarni oliş interaktiv xizmatlarini joriy etiş ham belgilangani, lekin qabul qilingan farmon matnida bu tuşib qolgani böyiça izoh berdi.
«Adliya vazirligi Davlat boşqaruv samaradorligini tahlil qiliş boşqarmasi bir yarim yildan buyon oçiqlik masalalarini örganadi. Va bu örganiş natijasi böyiça ötgan yili dastlabki farmon işlab çiqilgan edi. Şundan keyin bu boşqa vazirlik va idoralarga taqdim qilindi.
Bu jarayonda 300ta taklif kelib tuşgan. Ma'lumki, biror loyiha kiritilayotgan bölsa barça manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelişilgan bölişi kerak. Agar biror vazirlik yoki idora infrastrukturasi öşa loyihaga tayyor bölmasa yoxud öz vajlarini asoslab bersa, ularning e'tirozlari qabul qilinadi. Natijada öşa taklif farmondan tuşib qoladi. Boşqa tomondan bu masalalar hali butunlay yopildi degani emas. Vazirlikka agentlik bilan birga oçiq ma'lumotlar röyxatini töldirib boriş vazifasi yuklatilgan, şu ma'noda bu masala kelgusida yana kötariladi», deya farmonga kiritilmagan taklif haqida aytib ötdi adliya vaziri örinbosari.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimi Qahramon Nizomxöjayevga köra, foydalanuvçilarga qulay bölişi uçun ikkala masala böyiça alohida platforma işga tuşirilib, texnik imkoniyatlari yaratilib keyin qabul qilinadi.
«Agentlik mutaxassislari farmon ustida işlayotganimizda ekspertlar tomonidan şunday bir töxtamga kelindiki, foydalanuvçilarga qulay bölişi uçun avtomobil tarixini biliş haqidagi ma'lumotlarni alohida platforma qilsak, qulayroq böladi.
Xuddi şuningdek, Soliq qömitasining Kadastr agentligi bilan işlaganimizda binoning manzilini kiritiş orqali uning egasi haqidagi ma'lumotlarni oliş uçun texnik imkoniyatlarni yaratiş kerak degan xulosaga kelindi. Lekin bu ikkala loyiha kun tartibidan tuşgani yöq va qayta işlanadi. Mukammal darajaga yetganda işga tuşiriladi», dedi Aksilkorrupsiya agentligi xodimi Qahramon Nizomxöjayev.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga qöşimça vazifalar yuklatildi
















