Özbekiston davlat yoşlar teatrining oliy toifali aktyori Bobur Yöldoşev "Diydor" yoşlar teatriga rahbar etib tayinlandi.

Bobur Yöldoşev 1979 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, ma'lumoti oliy. Yoşlar teatri qoşidagi dramatik san'at maktab-studiyasini tugatgan. 2003 yilda Toşkent davlat san'at institutining “Drama teatri va kino aktyorligi” fakultetini tamomlagan va şu teatrda 26 yildan buyon faoliyat olib boradi.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda Yoşlar teatrida yordamçi vazifasidan boşlagan. Teatrdagi faoliyati davomida aktyor 40ga yaqin esda qolarli rollarni ijro etgan.

1998 yildan buyon teatr bilan birga kino va televideniye yönalişida ham ijodiy faoliyatini olib boradi. 

Ma'lumot uçun, “Diydor” yoşlar eksperimental teatr-studiyasi 2009 yilda Özbekiston san'at arbobi, xalq artisti Bahodir Yöldoşev tomonidan taşkil etilgan.