Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida öqituvçilar öquv muassasasida ta’lim sifati, öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi, öquvçilarning özlaştirişi qoniqarsiz ekani tufayli ota-onalar oldida tik turib, uzr söragani xabar qilingandi. Marhamat tumani hokimi Bobur Yöldoşev sodir bölgan holat yuzasidan öqituvçilardan uzr sörab çiqdi.

«Marhamat tumanidagi öqituvçilarning uzr söraşi böyiça keng muhokamalarga sabab bölayotgan postlarga munosabat bildirmoqçiman. Prezidentimiz ta’limni isloh qiliş böyiça ötkazgan selektordan söng, viloyatimiz hokimi tomonidan tumanlarda, maktablarda qilinadigan işlar va öz örnida heç bir rahbar va öqituvçilarga çora körmaslik böyiça aniq topşiriqlar berilgan.

Bundan taşqari, Marhamat tumanidagi öqituvçilar va ota-onalar hamkorligida ötkazilgan yiğilişdagi holatlar öqituvçilarning ruhiyatiga ta’sir qilgan bölsa, men tuman hokimi sifatida barça ustoz-murabbiylardan uzr sörayman.

Barça ustoz-murabbiylarni doimo qöllab-quvvatlab, ularga yelkadoş bölib, ta’lim sifatini oşiriş, yetuk insonlarni tarbiyalaşda kamarbasta bölamiz», deydi tuman hokimi.

Avvalroq, öqituvçilarning uzr söraşi bilan boğliq holatga Andijon viloyati xalq ta’limi boşqarmasi boşliği Azizbek Mirkamilov ham munosabat bildirgandi. U bunday yiğilişlar ötkazilişi Marhamat tumani hokimi taşabbusi ekanini aytgan va undan mazkur holat böyiça munosabat berişini qat’iy talab qilgandi. Şu bilan birga uşbu holatning oldini ololmagani uçun uzr söragandi.

«Maktab öqituvçilari va ota-onalar yiğilişi Marhamat tumani hokimidan çiqqan taşabbus bölib barça maktablarda ötkazilişi topşiriq berilgan, tuman hokimining şaxsan mazkur holat böyiça özining munosabat berişini qat’iy talab qilaman.

Mazkur holat yuzasidan menga ma’lum bölganidan söng, men viloyat hokimining örinbosariga va tuman hokimiga mazkur mazmundagi yiğilişlar viloyat hokimining va ustozlarning jiddiy e’tirozlariga sabab bölişini aytganimdan söng, yiğilişlar ötkazilişining oldi olindi.

Öz vaqtida yuqoridagi holatlarning oldini olmaganim uçun va ustozlarni himoya qilmaganim uçun barçangizdan uzr sörayman», deyiladi munosabatda.

Avvalroq Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov ham uşbu holatga munosabat bildirib, «xatoga yöl qöygan har qanday rahbarga qonunda belgilangan jazo çoralari körilişi ta’minlanişi»ni