Buxoroda ötkazilgan «Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda global parlamentlararo hamkorlik» xalqaro forumi öz işini yakunladi. Unda bir qator jarayonlarni öz içiga olgan Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi. 

Ikki kun davom etgan forumda sohadagi muammolar va ularning yeçimlari, vazifalar muhokama qilindi. Yakunlovçi sessiyada Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norbayeva iştirok etdi.

Tadbirda global forumni har ikki yilda ötkaziş, uşbu davrda hamkorlikda amalga oşiriladigan işlar, erişiladigan yutuqlar, şuningdek mintaqaviy va global miqyosda yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilib boriş hamda aniq natijalarga yönaltirilgan hamkorlikdagi dasturlarni qabul qiliş taklif etildi.

Yakunlovçi sessiyada YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamatzade ham sözga çiqib, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda global parlamentlararo hamkorlikka ilk qadam qöyilganini qayd etdi va forum natijalari haqida mulohazalarini bildirdi.