Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida 25 yoşli yigitning jasadi topilgan. Holat yuzasidan jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 26 iyun kuni ertalab soat 8:00larda Çiroqçi tumani «Langar» MFYga qaraşli Töraqul qişloğida yaşovçi 1996 yilda tuğilgan Jaloliddin Norxöjayevning piçoqlangan jasadi topilgan.

Murda kökrak qismiga bir neça marta ötkir jism – piçoq bilan jarohatlangan holda uyi yaqinidan topilgani aytilmoqda. Kun.uz manbasining xabar berişiça, marhumning çöntagidagi pullariga tegilmagan, telefoni esa topilmagan.

Manbaning ma'lumotiga köra, marhum yigit mahalliy san'atkor bölgan hamda şu qişloqning çekkasida dökon yuritgan. Uni hamqişloqlari sönggi marta 25 iyun kuni keçki 23:00larda körişgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Çiroqçi tuman IIO FMB tomonidan qonunçilikda belgilangan moddalar bilan jinoiy iş qözğatilgan. Marhumga ekspertiza tayinlanib, hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda. Tez orada hodisa haqida batafsil ma'lumot beriladi.