Özbekiston yana bir bor Afğonistonda keskinlik kuçayib borayotganidan xavotirda ekanini bildirdi.
Rasmiy Toşkent kuraşayotgan tomonlarni tinç aholi orasida qurbonlar bölişining oldini olişga va kuç işlatişdan tiyilişga çaqirmoqda.
Özbekiston TIVning 28 iyun oqşomidagi bayonotiga köra, 27 iyun kuni 44 kişidan iborat Afğoniston çegara qöşinlari va mahalliy qurolli guruh vakillari Şörtepa tumani hududida Özbekistonning davlat çegarasini buzgan.
Bundan taşqari, 26 iyun kuni çegaraning uşbu qismida qöşni mamlakat kuçişlatar tizimlari 3 nafar vakilining Özbekiston hududiga kirib keliş holati qayd etilgan. Barça Afğoniston fuqarolari öz vataniga qaytarilgan, deyiladi TIV axborotida.
“Özbekiston hududiga bu kabi noqonuniy ötişga urinişlar qat'iy ravişda bartaraf etiladi.
Özbekiston Hukumati Afğoniston bilan an'anaviy döstona va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini davom ettiriş, neytralitetni saqlaş hamda qöşni mamlakat içki işlariga aralaşmaslik tarafdori ekanligini qat'iy ma'lum qiladi”, – deya yakunlanadi Özbekiston taşqi siyosat idorasining rasmiy bayonoti.
Eslatib ötamiz, 23 iyunda ham 53 nafar afğon harbiylari Özbekiston hududiga qoçib ötgandi.
Şu kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon muloqotida Afğonistonda va Tojikiston çegarasi hududlarida yuzaga kelayotgan tahlikali vaziyatni ham muhokama qilib, uşbu mamlakat bilan çegara çiziğidagi vaziyatni juda keskin deb baholagandi.
Afğonistondagi vaziyatning keskinlaşuvi fonida Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy okruglarda harbiy maşğulotlar boşlagan.
Özbekiston rasmiylari 22 iyun kuni Afğonistonda koronavirus bilan boğliq epidemiologik vaziyat keskinlaşayotgani sababi bilan özaro çegarani yopgan













