Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta Chirchiq tumanidagi korxonalardan birida yong‘in kelib chiqdi
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan korxonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 29 iyun kuni soat 21:58 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga O‘rta Chirchiq tumani “Tinchlik” MFY, Munavvar ko‘chasida joylashgan "BARAKA DEKOR" MChJ da yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, boshqarma yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:07 da voqea joyiga yetib borib, soat 23:01da o‘rab olinib, 23:14 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
«Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026