Buxoro viloyati Şofirkon tumanida ikkita «Neksiya» özaro töqnaşgan. Yölovçilardan biri oğir tan jarohatlari olgan va maşinalar jiddiy şikastlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 25 iyun kuni soat 19:35larda 4K-147 Ğijduvon-Şofirkon avtomobil yölining Şofirkon tumani «Dörmon» MFY hududidan ötgan 7-kilometrida ikkita «Neksiya» özaro töqnaşgan.
Oqibatda «Neksiya»lardan birida yölovçi sifatida ketayotgan şaxs tan jarohatlari olib, Şofirkon tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonaga yotqizilgan. Şuningdek, har ikkala maşina jiddiy şikastlangan.
Qayd etilişiça, mazkur yöl-transport hodisasiga har ikkala «Neksiya» haydovçisining e'tiborsizligi sabab bölgan.
Navoiyda yilning ötgan muddatida 32 kişi avtohalokatdan vafot etgan
Navoiyda uxlab qolgan haydovçi sodir etgan YTHda uning özi va otasi vafot etdi

















