Adliya vaziri buyruği bilan Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritiş qoidalari tasdiqlandi.
Qonunlar, prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarning normativ hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining davlat hisobi yuritilişi lozim, "Maxfiy" belgisi qöyilgan hujjatlar bundan mustasno.
NHHlarning davlat hisobi reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi. Reyestr Özbekiston Respublikasi axborot tizimining tarkibiy qismi bölib, undagi davlat hisobiga oliş uçun kelib tuşgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi.
Qoidalar quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga oliş uçun yuboriş tartibi;
- NHHlarni davlat hisobiga oliş va ularning fondlarini saqlaş tartibi;
- normativ hujjatlarning tizimlaştirilgan hisobini yuritiş va saqlaş tartibi va boşqalar.
Davlat organlari özlari tomonidan qabul qilingan hamda bevosita öz faoliyatiga tegişli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlaştirilgan hisobini yuritadi.
NHHlarning davlat hisobi reyestri qoğoz va elektron ifoda etuvçilarda yuritiladi. Reyestrdan axborotni barça yuridik va jismoniy şaxslar olişlari va undan foydalanişlari mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 01.07.2021 yildan kuçga kiradi.

















