Mirsaid özining “Inklyuziv oliy ta'lim” loyihasi bilan “Uçinçi renessans yoşlar nigohida” respublika tanlovida ğolib çiqqan.

U endilikda Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi huzuridagi Zamonaviy san'at markazi inklyuziv dasturlar sohasi böyiça maslahatçisi etib tayinlandi.

Bu haqda ma'lum qilgan jamğarma raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva yoş döstini “aqlli, intiluvçan, xuşçaqçaq va mehribon, qat'iyat va jasorat namunasi” deya ta'riflaydi.

“Biz u bilan bir neça yildan buyon tanişmiz va men bu bilan faxrlanaman”, – deydi Mirziyoyeva.

Mirsaidning fikriça, inklyuziv jamiyat qurişni madaniyatdan boşlaş lozim.

“Jamiyatimiz inklyuziv bölişini juda xohlardim. Menimça, buni madaniyatdan boşlaş kerak. Çunki musiqani tuşuniş uçun tarjimon kerak emas. Agar madaniyat sohasini inklyuziv qila olsak, qolgan hammasi öz-özidan yaxşilana boşlaydi”, – deydi u.