Afğonistonning şimoliy tumanlarida vaziyat yomonlaşmoqda va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotida (KXŞT) jiddiy xavotir uyğotmoqda. Bu haqda taşkilot boş kotibi Stanislav Zas ma'lum qildi.

"Afğonistonda, aslida, vaziyat yomonlaşmoqda. Halokatli deyolmayman, biroq jiddiy xavotir uyğotmoqda. Tojikistonga tojik-afğon çegarasida xavfsizlikni ta'minlaşda yordam beriş zarur", dedi u.

Uning sözlariga köra, u uşbu çegaraning turli uçastkalarida bölgan.

"Çegarada xavfsizlikni ta'minlaş uçun çegaraçilarga yordam beriş talab qilinadi", - dedi Zas.

Taşkilot boş kotibining aytişiça, KXŞT çegarada toliblar bilan otişmalarni qayd etmoqda.

22 iyunda Afğonistonning Tojikiston bilan çegarasini qöriqlayotgan afğon çegaraçilari toliblar hujumiga uçragan. Töqnaşuvlar davomida 134 nafar afğon harbiysi Tojikistondan boşpana söraşga majbur bölgan. 27 iyunda esa yana 17 nafar afğon harbiysi toliblar bilan töqnaşuvlar vaqtida çekinib, Tojikiston tomonga ötgan.

28 iyun kuni KXŞT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov Tojikiston Afğoniston bilan çegaradagi vaziyat yuzasidan yordam sörasa, KXŞT unga yordam berişga tayyorligini bildirdi.