Tojikiston çegaraçilari «Tolibon» harakati bilan janglardan söng çekinişga majbur bölgan 300 nafardan ortiq afğon harbiy xizmatçilarini respublika hududiga kiritdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qömitasi çegara qöşinlari matbuot xizmatiga tayanib «Hovar» agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Tojikiston çegaraçilari «insoniylik va yaxşi qöşniçilik tamoyillariga amal qilgan holda» afğonistonlik harbiylarga respublika hududiga kirişga ruxsat bergan.
Qayd etilişiça, afğon harbiylari «toliblar bilan ayovsiz janglardan söng şaxsiy tarkibni saqlab qoliş maqsadida» çegarani kesib ötgan.
Avvalroq KXŞT Afğoniston şimolidagi vaziyat yomonlaşayotganini bildirgandi.












