Ayni paytda Afğonistonda manfaatdor va siyosiy guruhlar örtasidagi hokimiyat uçun kuraş kuçaymoqda. Toliblarning harbiy jihatdan ustunligi, AQŞ tomonidan ta'minlangan kuç muvozanatini özgartiriş uçun aniq imkoniyatlarga egaligi körinib qoldi. Bu siyosiy vaziyatning beqarorlaşişi va harbiy tahdidlar oşişiga sabab bölmoqda.

AQŞ qöşinlarining rasmiy ravişda çiqib ketişi Markaziy Osiyo va afğon xalqlari uçun bir qança salbiy oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkin.

AQŞ harbiylarining mamlakatda mavjudligi afğon xalqi uçun nega muhim edi?

Birinçidan, Qöşma Ştatlarning Afğonistondagi 20 yillik faoliyati davomida ta'lim tizimiga katta miqdorda investitsiya kiritildi. Natijada aholining ma'lum qismiga sifatli ta'lim oliş imkoniyati yaratildi. Aynan şunday muqobil yöllar orqali jangarilar saflarini yangi a'zolar bilan töldirişni çeklaşi mumkin edi. Şu paytgaça bu loyihalarning katta qismi Qöşma Ştatlar moliyaviy imkoniyatlari asosida amalga oşirildi.

Ikkinçidan, Amerika umumiy hisobda Afğonistonni qayta quriş va mamlakatdagi tinçlikni ta'minlaşga oid dasturlarning öziga 143 milliard dollar sarmoya kiritdi. Ajratilgan mablağlar infratuzilmani yaxşilaş, Afğoniston hukumati, afğon armiyasi, içki işlar vazirligi va davlat milliy xavfsizlik xizmatlarini moliyalaştiriş uçun işlatildi. Harbiy harakatlar juda katta iqtisodiy xarajatlarni talab qilişini hisobga olsak, ayni paytgaça rasmiy afğon hukumatining tiklanişi va barqaror holatda saqlanişini aynan Qöşma Ştatlar moliyaviy kömagi ta'minlab turgandi.

Uçinçidan, bir qator donorlar va Jahon banki kabi yirik xalqaro taşkilotlar tomonidan sönggi 20 yil davomida Afğonistonga katta miqdordagi mablağlar ajratildi. Taşqi investitsiyalar Afğoniston YaIMga sezilarli ta'sir körsatdi va bu körsatkiç bir neça barobar ortdi.

AQŞning mamlakatda mavjudligi ham samarali boşqaruv, soğlom siyosiy muhit va barqaror xavfsizlikni ta'minlay olmagan bölsa-da, köplab mamlakatlar va xalqaro taşkilotlar aynan AQŞ mavjudligi tufayli Afğonistonga sarmoya kiritdi. Ularning rasmiy afğon hukumatiga nisbatan işonçi juda ham past. Qöşma Ştatlarning çiqib ketişi bilan boşqa donor mamlakatlar va moliyaviy xalqaro taşkilotlarning ham iqtisodiy kömagi öz-özidan keskin darajada kamayadi.