Kun.uz muxbiri bu borada kutilayotgan qiyinçiliklar, sohaga yangi texnologiyalarni jalb qiliş va umuman, suv muammolariga moslaşiş jarayonlari borasida qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov bilan intervyu uyuştirdi.

Intervyu avvalroq e'lon qilinib, ilk qismi matnlaştirilgan holda taqdim etilgan edi. Quyida suhbatning ikkinçi qismi matni juz'iy qisqartirişlar bilan e'lon qilinmoqda.

— Oxirgi vaqtlarda Orol dengizi suvi yadroviy portlaşlar sabab Kaspiyga oqib ketgan, degan farazlar örtaga çiqa boşladi. Sizningça, bu qaraşlar qançalik asosli?

— Men bunday deb öylamayman. Çunki öşa paytlarda bunday katta miqyosdagi yadro sinovlari ötkazilmagan. Deylik, Orol yaqinida şunga öxşaş qandaydir portlaşlar bölganda ham, uning ta'sirida 100 metr yoki undan kattaroq ğorlar hosil qilişi haqiqatdan uzoq. Buning ilmiy jihatdan ham isboti yöq.

Tabiatda vaqti-vaqti bilan qandaydir tektonik özgarişlar, yoriqlar paydo bölib turadi.

Suv har doim böşliqqa, pastlikka qarab harakat qiladi. Bu suv qonuni. Orol esa Kaspiy dengiziga nisbatan balandda joylaşgan. Tarixda Oroldan toşgan suvning Kaspiyga qarab oqqaniga oid ma'lumotlar ham bor. Lekin bu Orolning qurişiga aynan portlaşlar sabab, degani emas.

— Hozir Orolning qurib qolgan millionlab gektar qismini qum va zaharli tuzlar qoplagan. Bu qum va tuzlarning atrofdagi hududlarga köçişining oldini oliş borasida muayyan işlar qilinyapti. Masalan, saksovulzorlar.

Ayting-çi, Özbekistonning boşqa hududlarini qoplab olayotgan şörlanişga qarşi qanday kuraşiş mumkin?

—Özbekistonning suğoriladigan maydonlarining salkam 50 foizi turli darajada şörlangan. Bu maydonlarda namgarçilik saqlansa, şu holatda uşlab turiş mumkin.