«Kuni keça men ipakçilik, jun sanoati va kovrak yetiştiriş tizimini takomillaştiriş böyiça yangi qarorni imzoladim. Umuman, men hokimlarni yana bir bor ogohlantirmoqçiman. Bu sohalar bilan bugundan şaxsan özlari şuğullanişga mas'ul bölişadi.
Qarorga köra, pilla boquvçilarga uni sotişdan tuşgan puldan taşqari, har bir kg pilla uçun davlat tomonidan qöşimça 5 ming sömdan subsidiya beriladi.
Şuningdek, sohadagi tadbirkorlarning taşabbusi bilan pillani aholidan sotib oliş narxi 10 foizga oşirildi (2016 yilda 8 ming söm, ötgan yilda 20 ming söm bölgan).
Oddiy qilib aytganda, qişloqda ikki quti pilla boqqan oila 1 kg pilla uçun 30 ming söm, bir oyda – 3,4 mln söm daromad topadi (bir oyda – 2016 yilda 900 ming söm, ötgan yilda 2,2 mln söm).
Şuning uçun, yil yakuniga qadar yana qöşimça 20 mln tup, keyingi yilda 116 mln tup tut köçatlari ekişni taşkil etişi lozim.
Bu qarordan eng asosiy maqsad – qişloqda bandlikni ta'minlaş orqali, aholi daromadini oşirişdan iborat. Keyingi yilda 700 ming nafar, 2025 yilda 1 mln aholi bandligini ta'minlaş zarur. Hozirgi kunda 500 mingga yaqin aholi pilla yetiştiriş bilan şuğullanadi», degan davlat rahbari.
Şuningdek, dastlab Qöşrabot, Qumqörğon, Boysun, Ğuzor va Dehqonobod tumanlarida, keyin boşqa tumanlarda ham jun olinadigan qöy-eçkilar sonini keskin köpaytirib, aholini jundan gilam, römol va boşqa mahsulotlar töqib daromad topişga örgatiş kerakligi ta'kidlab ötilgan.
Ma'lum qilinişiça, qömitaning balansida bölgan yerlarda kavrak yetiştirişni ilmiy asosda taşkil etiş, uni köpaytiriş, hosildorligini oşiriş, qayta işlab eksport salohiyatini oşiriş ham qömita zimmasiga yuklanadi.
«Vaholanki, kovrak yetiştiriş va uni sotiş tizimi ayni paytda pala-partiş, yopiq va xufiyona biznesga aylangani ham bor gap. Viloyat va tuman hokimlari aholi bandligini ta'minlaş va daromadini oşirişda bu sohaga asosiy drayver sohalardan biri sifatida qaraşlari zarur», degan Şavkat Mirziyoyev.
















