Kun.uz muxbiri bu borada mamlakatni kutayotgan qiyinçiliklar, sohaga yangi texnologiyalarni jalb qiliş va umuman, suv muammolariga moslaşiş jarayonlari borasida qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov bilan intervyu uyuştirdi.
Intervyuning birinçi va ikkinçi qismlari avvalroq e'lon qilinib, matnlaştirilgan holda taqdim etilgan edi. Quyida suhbatning uçinçi qismi matni juz'iy qisqartirişlar bilan e'lon qilinmoqda.
— Özbekistonda suv yetişmovçiligi yildan yilga jiddiy muammoga aylanar ekan, tomorqaçilar, fermer va klaster egalari örtasida kelişmovçiliklar, qonli janjallar ham köpaymoqda. Afsuski, şu kabi vaziyatlarning köpida qölida kuçi bor odamgina suv ololyapti.
Xöş, qonunçilik böyiça tomorqaçi, fermer yoki klaster egasi mavsum davomida qança suv olişi kerak?
— Bizda suv böyiça doim muammolar bölgan. Şularni hisobga olgan holda Özbekistonda 1993 yili «Suv va suvdan foydalaniş töğrisida»gi qonun qabul qilingandi.
Fikrimça, muammo qonunçilikda emas, uning ijrosida. Bunda klasterdan tortib, dehqon, tomorqa xöjaliklarigaça amaldagi qonunga amal qilişi kerak.
Ikkinçidan, biz har yilgi mavjud suv resurslarini oldindan taxmin qilib, işni şunga qarab taşkil qilişimiz kerak. Suvdan foydalaniş rejalarimiz kerak bölsa, har bir ekin turigaça aniq bölişi kerak. Busiz iloji yöq, suv yetişmovçiligi bizda katta muammo ekanligi sir emas.

















